Yangiliklar

27 Sentabr2016

Ta’zim sizga, ustozlar!

    2016-yil 27-sentуabrda o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti talabalari tomonidan “1-oktyabr – ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan tayyorlangan “Ta’zim sizga, ustoz-murabbiylar!” deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.     Tadbirni universitet rektori, professor Shuhrat Sirojiddinov kirish so‘zi bilan ochib, mazkur universitetni tashkil bo‘lishida shaxsan boshchilik qilgan O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning buyuk xizmatlari, mamlakatimizda ta’lim tizimiga qaratilayotgan e’tibor haqida talabalarga so‘zlab berdi.    Tadbir boshida...
22 Sentabr2016

AQSHlik hamkorlar bilan uchrashuv

      Shu yilning 22 sentyabrida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Xalqaro hamkorlik masalasida yana bir muhim tadbir bo‘lib o‘tdi. 1-oktyabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan tashkil etilgan mazkur tadbirda AQSHning O‘zbekistondagi  elchixonasi jamoatchilik bilan ishlash bo‘yicha mas’ul xodimi Jon Larsen, press-attashe  Jon Stivenson va elchixona matbuot kotibi A’zam Obidovlar ishtirok etdi. Mehmonlar dastlab Prezidentimiz I.A.Karimov portreti tagiga gul qo‘ydilar.     Tadbir davomida universitetning AQSH universitetlari va...
20 Sentabr2016

Yaponiyalik professor – universitet mehmoni

      Yaqinda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Tokio universiteti professori, turkshunos olim Komatsu Xisao bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbir universitetning xorijiy tillar kafedrasi tashabbusi bilan amalga oshirildi. Suhbat asnosida mehmon keyingi yillarda o‘zbek adabiy muhiti, tili va madaniy qadriyatlari bo‘yicha tadqiqotlar olib borayotgani va ko‘plab o‘zbek ijodkorlari  bilan ijodiy aloqalarni yo‘lga qo‘ygan hamda ayni paytda  ma’rifatparvar olim Abdurauf Fitrat ijodi bilan shug‘ullanayotganini haqida so‘zladi.       – Yaponiyada o‘zbek...
19 Iyul2016

Universitetda ijodiy imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda

    Universitetimizda o‘zbek filologiyasi va o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakultetlari uchun ijodiy imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda. Ijodiy imtihonlar insho shaklida olib borilmoqda.
20 May2016

Kirish imtihonlari 1-avgust kuni bo‘lib o‘tadi

    Universitetimiz uchun kirish imtihonlari 2016-yilning 1-avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Test imtihonlari o‘tkaziladigan binolar belgilab qo‘yilgan va tegishli tashkiliy ishlar mukammal darajada olib borilmoqda.

Pages