Yangiliklar

18 Iyun2019

Talabalar notiqlik mahoratini namoyish etishdi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti uchinchi bosqich talabalari Tanqidiy diskurs fan modulini yakunladilar. Talabalar ingliz tilida ravon so‘zlash barobarida endilikda har bir jumlani stilistik jihatdan tahlil qilish, yetuk notiqlardek so‘zlash va o‘zbek tilidan ingliz tiliga, ingliz tilidan o‘zbek tiliga sinxron tarjimani amalga oshira olish ko‘nikmalariga ega bo‘ldilar. Ingliz filologiyasi kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilgan yakuniy hisobot taqdimotida talabalar o‘zlarining notiqlik mahoratini...
17 Iyun2019

Birinchi bosqich talabalarining bilimi xalqaro me'yorlarga asosan tekshirildi

2019-yilning 15-iyunida Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti birinchi bosqich talabalari o'rtasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentning iqtidorli yoshlarni izlab topishga doir qaroriga muvofiq sinov imtihoni o'tkazildi.  Angliyaning nufuzli "Cambridge Assessment  English"ning  Toshkent shahridagi Pretesting markazi bilan hamkorlikda o'tkazilgan mazkur  imtihon har tomonlama shaffof hamda adolatli tarzda amalga oshirildi. E'tiborli jihati shundaki bu sinov xalqaro mezonlarga  to'la javob berib talabalarga o'zlarining bilimlarini...
16 Iyun2019

Bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash dolzarb vazifa

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bitiruvchilar va ish beruvchi tashkilotlar vakillari ishtirokida anjuman bo‘lib o‘tdi. Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi kadrlar bo‘limi boshlig‘i D. Akromov, poytaxtimizdagi tuman xalq ta’limi bo‘limlaridan maxsus vakillar ishtirok etishdi. Joriy yilda ToshDO‘TAUni 228 nafar talaba tamomlaydi, ulardan 27 nafari magistr, 201 nafari bakalavrlardir. Tadbirda so‘z olganlar birituvchilarga o‘z hududlarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumot berish barobarida ularni ishga ham taklif...
15 Iyun2019

Ruminiyada o‘zbeklarning milliy pedagogikasi e’tirof etildi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabalari Ruminiyaning Collegiul National Ienachita Vacarescu tashkilotida  Erasmus+ loyihasi doirasidagi xalqaro anjumanda ishtirok etishmoqda. O‘zbekiston, Ruminiya, Italiya, Malta va Norvegiya davlatlari ishtirokida o‘tkazilayotgan xalqaro konferensiyaning ikkinchi kunida  har bir davlat vakillari o‘z mamlakatlarida yoshlar tomonidan turli ijtimoiy jabhalarda olib borilayotgan  ko‘ngillilar (volontorlik harakati) guruhlari haqida so‘z yuritishdi. Yoshlarning darsdan bo‘sh vaqtlarini qanday tashkil etishlari,...
14 Iyun2019

Amerikalik olim ingliz tilida ilmiy va ijodiy yozish mahoratidan saboq bermoqda

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Sent-Jons universiteti olimi,  san‘atshunoslik fanlari doktori Rochelle Almeida talabalarga "Ingliz tilida ilmiy va ijodiy yozish mahorati" fanidan saboq bermoqda. AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi ko‘magida  Fullbright dasturi doirasida universitetga tashrif buyurgan olim talabalarning qomusiy bilimlarini oshirish va fanga doir tarjima ko‘nikmalarini shakllantirishga ko‘maklashadi. Universitetning asosiy vazifalaridan biri o‘zbek tilidan ingliz tiliga,  ingliz tilidan o‘zbek tiliga og‘zaki va yozma tarjima...
13 Iyun2019

ToshDO‘TAU talabalari Ruminiyada xalqaro konferensiyada ishtirok etishmoqda

Erasmus+ning xalqaro “Giyohvandlikka qarshi tur” (“Stand Against Drugs”) loyihasi ishtirokchilari Ruminiyaning Targoviste shahridagi Lenachita Vacarescu tashkilotida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro anjumanga jo‘nab ketdi. O‘zbekiston, Ruminiya, Norvegiya, Malta va Italiya davlatlari ishtirokida o‘tkazilayotgan  xalqaro konferensiyada Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabalari va loyiha kordinatori Nozliya Normurodova  ham ishtirok etmoqda. Konferensiyaning bugungi, birinchi kunida turli davlat vakillari yoshlarning jamiyatda o‘z  o‘rinlarini topishi,...
12 Iyun2019

II Sharq yoshlari festivali bo‘lib o‘tdi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida II Sharq yoshlari festivali bo‘lib o‘tdi. Festivalda talaba yoshlar tomonidan o‘zbek, koreys, arab, eron, qozoq va turk xalqlari madaniyati, urf-odatlari, milliy qadriyatlari namoyish etildi. Bu yilgi festivalda Nizomiy nomidagi TDPU talabalari qozoq millatining, Koreyaning Puchon universiteti Toshkent filiali talabalari esa koreys millatining madaniyatini tarannum etishdi. Ayniqsa, milliy taomlar ko‘rgazmasi va sahna ko‘rinishlari barchaga birdek manzur bo‘ldi. ToshDO‘TAU Sharq tillari kafedrasi tashabbusi bilan...
11 Iyun2019

Ijod maktabida smart-sinf ochildi

Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan Namangan viloyatida Is’hoqxon Ibrat nomidagi iqtidorli o‘quvchilar maktab-internatida rus tili smart-sinfi tashkil etildi. Mazkur ochilish marosimida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Xorijiy tillar kafedasi mudiri Zulxumor Jumanova ham ishtirok etdi. Ochilish marosimidan so‘ng ilk mahorat darsini 9-sinf o‘quvchilari uchun tashkil etgan Zulxumor Jumanova yosh iqtidor egalariga oliy o‘quv yurtiga kirish va yetuk mutaxassis bo‘lish borasida qiziqarli seminar o‘tkazdi. O‘z navbatida smart-sinfiga ega ijod...
10 Iyun2019

Xotira – aziz, qadr – muqaddas

Joriy 2019-yilning 4- may sanasida Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universitetida yaqinlashib kelayotgan Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan tadbir o'tkazildi. Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti talabalari tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirni universitet o'quv ishlari bo'yicha prorektori Inomjon Azimov ochib berdi. Oliy harbiy bojxona instituti kursantlari tomonidan taqdim etilgan shiddatli chiqishlar talabalar qalbida vatanparvarlik, faxr-u iftixor tuyg'ularini jo'sh urdirdi desak, mubolag'a bo'lmaydi. Har sohada iste'dodli talabalarimiz ijrosidagi jonli qo'shiqdan...
09 Iyun2019

Kuch – bilim va tafakkurda

Bugun oliy ta’lim muassasalari o’rtasida har yili an’anaviy tarzda o’tkazilib kelinayotgan “Tafakkur sinovlari” Respublika ko’rik-tanlovining hududiy saralash bosqichi bo’lib o’tdi. Ushbu tanlovda Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent Islom akademiyasi va O'zbekiston Davlat san'at va madaniyat instituti vakillari qatorida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universitetining “Vorislar” jamoasi ham muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Hozirgi zamonning yoshlar bilan bog’liq dolzarb muammosi va yechimi, tezkor siyosiy savol-javob kabi bir qancha shartlarda“Vorislar”...

Pages