Yangiliklar

28 Iyun2019

Bir guruh talabalar xalqaro yozgi maktabga yuborildi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili universitetining 8 nafar talabasi hozirgi kunda Qozog‘istonning Turkiston shahrida joylashgan Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universitetida tashkil etilgan yozgi maktabda maroqli hordiq va puxta bilim olmoqdalar. Talabalarimiz "Yoz okulu" darslarida turk tilidan saboqlar olishmoqda, turkiy xalqlarning mushtarak madaniyati va adabiyotini targ‘ib etishmoqda.  Eng asosiysi, turkiy davlatlardan tashrif buyurgan tengdoshlari bilan ta'tilni samarali o‘tkazishmoqda.
27 Iyun2019

96 nafar Afg‘oniston fuqarolariga bitiruvchi diplomlari topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishining 96 nafar   talabasiga diplomlar topshirildi.Tantanali marosimda ishtirok etgan ToshDO‘TAU rektori filologiya fanlari doktori, professor Shuhrat Samariddinovich Sirojiddinov   O‘zbekiston va Afg‘oniston  Prezidentlarining davlatlarimiz o‘rtasidagi do‘stona aloqalar hamda dunyo tinchligini   mustahkamlash, turli sohalarda samarali hamkorlik qilishga qaratilgan tashabbuslari, bu tashabbuslarni amal oshirish yo‘lidagi amaliy harakatlar...
26 Iyun2019

Sinxron tarjimonlarning yangi avlodi barchani lol qoldirmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 23-dekabrdagi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetiga tashrifi chog‘ida mazkur ta’lim muassasi zimmasiga yetuk malakaga ega sinxron tarjimonlar tayyorlash vazifasi ham yuklatilgan edi. Ma’lumki, shu kunga qadar xalqaro miqyosdagi anjumanlarda ingliz tilidan sinxron va ketma-ket tarjima jarayonlari rus tili orqali amalga oshirilgan. Bu birinchidan, rus va ingliz tillarining grammatik jihatdan yaqinligi tarjima jarayonida qulayliklar yaratishi bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan o‘...
25 Iyun2019

ToshDO‘TAU akademik litseyi o‘quvchilari xitoy tilini xitoylik tadqiqotchidan o‘rganadilar

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining xitoylik doktoranti Da Zhenxin (Tojiddin) univeristet qoshidagi akademik litsey o‘quvchilariga xitoy tilini mukammal o‘rgatmoqda. ToshDO‘TAU akademik litseyida xitoy tili ikkinchi chet tili sifatida o‘qitiladi. Tojiddin o‘z ona tilini o‘zbek o‘quvchilariga o‘rgatishdan mamnun.  Endi u doimiy ravishda litsey o‘quvchilari uchun xitoy tili, adabiyoti va madaniyatidan mahorat darslari o‘tadi, o‘z navbatida o‘zbek o‘quvchilari bilan muloqot orqali o‘zining o‘zbek tilidagi bilimlarini yanada mustahkamlaydi.
24 Iyun2019

Abituriyentlarga ...

Aziz abiturient va ularning ota-onalari! Doimgidek bizning universitetga joriy yil uchun qabul kvotalari e’lon qilindi. Bakalavriatga: "O‘zbek tili va adabiyoti" (150 nafar), "Filologiya va tillarni o‘qitish  (o‘zbek tili)"  (200 nafar), "Tarjima nazariyasi va amaliyoti" (150 nafar ), "O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili" (100),  noshirlik ishi (20).  Ko‘rinadiki, universitetimiz borgan sari yuksalib, ham mazmun, ham miqdor jihatidan  boyib bormoqda. Bu yo‘nalishlar ichida    "O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili" yo‘nalishiga   alohida diqqat qaratishingizni istar edim. Bu yangi va kelajagi...
22 Iyun2019

Ezgulik yo‘lida

Oxirgi yillarda qon kasalliklari, onkologik kasalliklar ko‘payishi tufayli davolash tizimida qo‘llaniladigan donorlar qoniga bo‘lgan talab ortmoqda. Shu bois ham Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamda Respublika qon quyish markazi bilan hamkorlikda beg‘araz donorlik aksiyasi o‘tkazildi. Respublika qon quyish markazining sayyor guruhi universitetning ko‘ngilli professor- o‘qituvchilari hamda talabalarini tekshiruvdan o‘tkazib, ularning qon topshirishlari uchun zarur tibbiy yordamni ko‘rsatdilar. Aksiya davomida donorlar tomonidan topshirilgan qon...
22 Iyun2019

Hamkorlikda yangi marralarni zabt etamiz

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori boshchiligidagi ishchi guruh joriy yil avvalida Turkiyaga qilgan xizmat safari davomida mazkur davlatning bir qator nufuzli universitetlari bilan turli jabhalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida taklif bildirgan edi. Ushbu takliflar har ikki qardosh millatning ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotini ko‘zlagan ulkan g‘oyalarga asos bo‘ldi, deya olamiz. ToshDO‘TAU jamoasining ilgari surgan takliflari turkiyalik ziyolilarni ham befarq qoldirmadi. Chunonchi,  2019-yilning 3-may kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent...
21 Iyun2019

O‘zbek tilining kompyuter uslubini yaratish yo‘lida

Polshaning Adam Miskiyevich universitetida Erasmus+ xalqaro loyiha doirasida “CLASS-Markaziy Osiyo universitetlarida sohalararo kompyuter lingvistikasi magistratura dasturini rivojlantirish” dasturi bo‘yicha O‘zbekiston va Qozog‘iston universitetlarining vakillari soha bo‘yicha o‘z malakalarini oshirmoqdalar. Ushbu loyihada Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti «Kompyuter lingvistikasi” laboratoriyasi rahbari Nilufar Abdurahmonova, “Axborot va zamonaviy pedagogik texnologiyalari” kafedrasi o‘qituvchisi Rasul Atamuratov hamda iqtidorli talabalardan Anvarova Durdona va Temirova...
20 Iyun2019

Ustozni yod etib

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida o‘zbek xalqining chinakam fidoyi olimi, nekbin inson, talabchan ustoz, “O‘zbekiston Qahramoni” Ozod Sharafiddinov tavalludining 90  yilligi munosabati bilan ijodiy kecha tashkil etildi. Tadbirda olimning O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid, ToshDO‘TAU rektori Shuhrat Sirojiddinov, olimning shogirdlari, oila a’zolari va talabalar ishtirok etishdi. Yetuk olim, o‘zbek tanqidchiligida o‘z maktabini yarata olgan munaqqid Ozod Sharafiddinovning jasorati, haqgo‘yligi, shogirdlariga nisbatan...
19 Iyun2019

Rektor kubogi o‘z egasini topdi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida tashkil etilgan “Zakovat” klubining navbatdagi mavsumi yakunlanib qoldi. Mavsum davomida o‘nga yaqin jamoa “Rektor kubogi” bahslarida ishtirok etishdi.  Bir necha oy davomida o‘tkazilgan intellektual bellashuvlar sarhisobiga ko‘ra “Irfon” jamoasi mutlaq g‘olib deb topildi va universitet tashkil etilganining uch yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanalari davomida mavsum faollari taqdirlandilar. O‘yinning bayram sonida esa talabalar bilan bir qatorda universitet o‘qituvchilaridan tuzilgan “Ziyokor” jamoasi ham faol...

Pages