Tabriknoma

Chop etilgan sana:
27 Avgust 2019

Assalomu alaykum, baxtiyor talabaning ota-onasi!

 Sizni mustaqilligimizning  28 yillik bayrami hamda farzandingizning Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining talabalari safiga qabul qilinganligi bilan samimiy muborakbod etamiz!
 Farzandingizga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida tanlagan yo‘nalishi bo‘yicha to‘laqonli bilim olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
 Sizning vatanimiz kelajagi uchun fidokorona xizmat qiladigan, chuqur bilim va yuksak ma’naviyatga ega barkamol avlodni tarbiyalashda biz bilan yaqindan hamkorlik qilishingizga ishonamiz.

Shuhrat Sirojiddinov
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori