Kelajak maktablarda bunyod etiladi

Chop etilgan sana:
24 Avgust 2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 23-avgust kuni xalq ta'limi tizimini rivojlantirish, pedagoglar malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma'naviyatini yuksaltirish masalalarida bag‘ishlab videoselektor o‘tkazdi.  Mazkur videoselektorda ilgari surilgan ko‘plab fikrlar oliy ta'lim muassasalari faoliyatiga ham bevosita daxldordir.  Shuni inobatga olgan holda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori universitet pedagogik jamoasi va rahbar xodimlari ishtirokida majlis o‘tkazdi.  Ushbu majlisda xalq ta'limi sohasini rivojlantirishda universitetning professor o‘qituvchilari ham faol bo‘lishlari, maktablar bilan hamkorlikni jadallashtirish lozimligi qayd etildi.  Yaqinlashayotgan yangi o‘quv yilidan boshlab xalq ta'limi muassasalari va universitet hamkorligini kuchaytirish borasida aniq takliflar tayyorlashga