Missiya
· Xalqimizning milliy ruhi va oʻzligining, madaniy-ma’rifiy olami, milliy gʻoyasining asosi hisoblangan ona tili va adabiyotini yanada rivojlantirish;
· Oʻlkamiz qaramlik changaliga tushib qolgan istibdod davrlarida ona tilimizning rivojlanish imkoniyatlarining cheklanishi oqibatida shakllangan asoratli muammolarni bartaraf etish;
· Qadimiy va boy tarixga ega oʻzbek tilining tarixiy shakllanish va zamonaviy rivojlanish jarayonlarini chuqur tadqiq etishni yoʻlga qoʻyish;
· Ajdodlardan avlodlarga oʻtib kelayotgan bebaho ma’naviy boylikning vorislari sifatida ona tilimizni asrab-avaylash, uni boyitish, nufuzini oshirish;
· Oʻzbek tili va adabiyotining xalqimiz, jamiyatimizning ma’naviy rivojida, zamonaviy ilm-fan taraqqiyotida tutgan oʻrni va roli bilan bogʻliq dolzarb mavzularda muhim ilmiy tadqiqotlar amalga oshirishni rivojlantirish;
· Zamon talablariga mos lugʻat va qomuslar, risola va darsliklar nashrini yoʻlga qoʻyish;
· Oʻzbek tili va adabiyoti boʻyicha mutaxassislar, ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, mazkur yoʻnalishda faoliyat olib borayotgan xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish masalalariga katta e’tibor qaratish;
· Ona tilimizning qoʻllanish doirasini kengaytirish, uning tarixiy ildizlarini chuqur oʻrganish va ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish;
· Fundamental fanlar, zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, sanoat, bank-moliya tizimi, yurisprudensiya, diplomatiya, harbiy ish va shu kabi oʻta muhim tarmoqlarda oʻzbek tili oʻzining haqiqiy oʻrnini egallashiga erishish;
· Zamonaviy darsliklar, etimologik va qiyosiy lugʻatlar yaratish, zarur atama va iboralar, tushuncha va kategoriyalarni ishlab chiqish kabi muhim masalalarni qamrab oladi.