AXBOROT XATI

ALISHER NAVOIY NOMIDAGI

TOSHKENT DAVLAT O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI

 

Hurmatli hamkasblar!

 

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Sizlarni Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro Qozoq-Turk universiteti, M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Osiyo va Afrika mamlakatlari instituti, Turkiyaning Afyon-Kochatepe universiteti, Ushak universiteti hamda O‘zbekistondagi Turkiya elchixonasi bilan hamkorlikda 2019-yilning 29-oktyabr kuni O‘zbekistonning Toshkent shahrida “O‘zbek tili taraqqiyoti va turkologiya masalalari” (“Развитие узбекского языка и проблемы тюркологии”) mavzusida o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy-amaliy anjumanga taklif etadi.

Ilmiy-amaliy anjumanning maqsad va vazifalari:

  • o‘zbek tilining xalqaro maydondagi nufuzini oshirish;
  •  uning boshqa turkiy tillar bilan o‘zaro aloqalarini o‘rganish va rivojlantirish;
  •  turkologiya sohasida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlardan ilmiy jamoatchilikni xabardor qilish;
  • turkiy tillar taraqqiyoti, bugungi holati, rivojlanishi va muammolarini o‘rganish;
  •  o‘zbek tili va turkiy tillar tarixi; lug‘atshunoslik, atamashunoslik, tarixiy-qiyosiy lingvistika masalalarini dunyo turkologlarini jalb qilgan holda tahlil qilishdan iborat.

Anjuman quyidagi sho‘balar bo‘yicha ish olib boradi:

“O‘zbek tilshunosligining nazariy masalalari”

“Ko‘hna turkiy manbalar”

“Turkiy tillar qiyosi”

“Til tarixi”

“Amaliy tilshunoslik”

Anjumanda amal qiluvchi tillar: o‘zbek, ingliz va barcha turkiy tillar

Anjumanda ishtirok etish shakli:

kunduzgi (ma’ruza qilish va maqola nashr etiladi);

sirtqi (maqola nashr etiladi).

Anjumanda ishtirok etish uchun quyidagilarga e’tibor qaratilishi lozim:

Maqolalar 2019-yilning 20-sentyabriga qadar tashkiliy qo‘mitaning elektron manziliga (navoiconf@gmail.com) talabnomada ishtirokchining anjumanga taqdim etayotgan ma’ruza nomi, ma’ruza matni va ishtirok etish shakli hamda sho‘basi aniq ko‘rsatilgan holda yuborilishi lozim.

 

Hurmatli konferensiya qatnashchilari, sizlardan maqolalarni tayyorlashga qo‘yiladigan talablarga diqqatingizni qaratishingiz so‘rab qolamiz!

 

Anjumanda ishtirok etish uchun yuboriladigan talabnoma va anjuman materiallarining rasmiylashtirilish tartibi quyida keltiriladi:

Anjuman materiallari nashri:

Tanlab olingan materiallar “O‘zbek tili taraqqiyoti va turkologiya masalalari” (“Развитие узбекского языка и проблемы тюркологии”) mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plam sifatida nashr etiladi.

Tashkiliy qo‘mita materiallarni texnik tahrir qilish, shuningdek, maqola qabul qilinmaganda va qaytarilmaganda, bu bo‘yicha izoh bermaslik huquqiga ega.

Maqolaga to‘lov qilinganligi haqidagi kvitansiyasining nusxasi ham biriktirilgan holda elektron manzilga (navoiconf@gmail.com) yuboriladi.

Sizning elektron manzilingizga Tashkiliy qo‘mita tomonidan maqolangiz qabul qilinganligi haqida xabar yubriladi, agar sizga 3 kun oralig‘ida bunday habar yuborilmasa, u holda Tashkiliy qo‘mita bilan qayta aloqaga chiqishingiz so‘raladi.

Konferensiya yakunida konferensiya materiallari to‘plami, sertifikat taqdim etiladi.

 

Talabnomani to‘ldirish tartibi

 

Familiya

 

Ism

 

Otasining ismi

 

Davlat, shahar

 

Ilmiy daraja

 

Ilmiy unvon

 

Ish joyi

 

Lavozimi

 

Ishtirok etish shakli (kunduzgi, sirtqi)

 

Sho‘ba

 

Maqola nomi

 

E-mail:

 

Aloqa uchun telefon raqami

 

 

Maqolani tayyorlashga qo‘yiladigan talablar:

Maqola hajmi – 5-7 betdan kam bo‘lmasligi lozim.

  • maqola matni Doc formatida, 1 intervalda, o‘ng tomondan - 30 mm, chap tomondan - 15 mm, yuqori va pastdan - 20 mm hoshiya qoldirilib, Times New Roman 12 kegl shriftda tayyorlanadi;
  • maqola nomi 12 so‘zdan ortmasligi;
  • maqola nomi maqola shakllantirilgan til va ingliz tiliga tarjima qilingan holatda berilishi;
  • maqola annotatsiyasi maqola matnidan oldin, ingliz tilida berilishi lozim;
  • annotatsiyadan so‘ng kamida 5-7 ta kalit so‘z keltirilishi shart;
  • maqola matni kalit so‘zlardan keyin ikki interval pastdan berilishi kerak.

Muallif haqida ma’lumotlar: Maqola nomidan 1 interval pastdan muallifning Familiyasi, Ismi va Sharifi, ularning cheti - o‘ng tomonida (*) havolasi ostida muallifning ilmiy darajasi, unvoni, tashkilot nomi va elektron manzili ko‘rsatilishi lozim.

Havola va foydalanilgan adabiyotlarning berilish tartibi: Manba havolasi to‘rtburchak qavs ichida, manba muallifi familiyasi, nashr yili va sahifasi ko‘rsatilgan tartibda beriladi.

Namuna: [Nurmonov, 2012: 56].

  • foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati yuqorida qayd etilgan tartibda matnning so‘nggida beriladi;
  • foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 5 tadan kam bo‘lmasligi lozim.

 

NAMUNA

 

“Irq bitig”da kosmogonik mif izlari

Traces of the cosmogonic myth in “Irk Bitig”

 

Abdullaev Javohir Usmon o‘g‘li *[1]

 

Annotation, annotation, annotation, annotation, annotation, annotation, annotation, annotation, annotation, annotation, annotation, annotation, annotation, annotation.

Keywords: (5-7 ta so‘z). Keywords, keywords, keywords, keywords, keywords, keywords, keywords.

 

Asosiy matn. (5-7 bet) Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. [Акрамов, 1997: 3]. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. [Кормушин, 1997: 200].

 

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Акрамов Ғ. “Хамса”да мифологик замон ва макон талқини // Ўзбек тили ва адабиёти. 1997 №2. – Б. 78-81.
  2. Joʻrayev M., Narziqulova M. Mif, folklor, adabiyot. Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi. – T.: 2006. – B. 183.
  3. Radloff W. Die alttürkischen Inschriften der Mongolei. Neue Folge. St.-Pbg.:1894. – P. 460.
  4. Turdimov Sh. “Goʻroʻgʻli” dostonlarining genezisi va tadrijiy bosqichlari. Filol. fan. dok. diss. – T.: 2011. – B. 308.
  5. Кормушин И.В. Тюркские и енисейские эпитафии. Тексты и исследование. Наука. – М.: 1997. – С. 303.

To‘lov shartlari

 

Konferensiyada xorijlik tadqiqotchi-olimlarining sirtqi ishtiroki va 1 ta maqola chop ettirish narxi 50 AQSh dollari.

Konferensiyada Respublika miqyosidagi tadqiqotchi-olimlarining ishtiroki va 1 ta maqola chop ettirish narxi 250 ming so‘m.

To‘lovlar axborot xatida ko‘rsatilgan rekvizitlar asosida amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun tel: +998 71 281 44 91

 

BENEFITSIAR:

 

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

USD x/r:    20203840500863553001

RUB x/r:    20203643700863553001

EUR x/r:    20203798300863553001

Manzil: 103, Yusuf Xos-Hojib ko‘chasi, Yakkasaroy tumani, Toshkent shahri, O‘zbekiston Respublikasi, 100100

 

BENEFITSIAR BANKI:

 

O‘zbekiston Respublikasi.

Xususiy aksiyadorlik tijorat banki “Davr-Bank”.

Mirzo Ulug‘bek filiali.

SWIFT-kod: DVRBUZ22

MFO: 01072

INN: 207094902

OKONX: 96120

OKPO: 23393157

 

* Dotsent, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, jusman@mail.ru