Yosh olimlar jamiyati
YOSH FILOLOG OLIMLARNING ILMIY FAOLIYATINI TASHKIL QILISH VA RIVOJLANTIRISH ASOSLARI
Jamiyat yosh filolog olimlarning jamoat tuzilmasi bo‘lib, Respublika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan va ishlayotgan, filologiya sohasida ilmiy foliyat olib borishni o‘ziga maqsad qilib qo‘ygan yosh filolog olimlarning ilmiy-ijodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni rivojlantirish orqali mamlakatimizning ilmiy salohiyatini yanada oshirish, ilmiy kadrlar tayyorlashning barqaror rivojlanishini ta’minlash hamda yosh olimlarning xalqaro ilmiy doiralarga integratsiyalashuvini jadallashtirish, ularning xalqaro ilmiy dasturlarda ishtirok etishi uchun sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.
Jamiyat iqtidorli talabalardan (keyingi o‘rinlarda yosh filolog olimlar deb yuritiladi) iborat tarkibda shakllantiriladi.
Jamiyat barcha imkoniyatlarini qo‘llagan holda yosh filolog olimlar ijodiy faolligining rivojlanishiga, ularning mutaxassisliklari bo‘yicha kamol topishiga, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi muhim ilmiy va amaliy muammolarning ilmiy jihatdan yechimini topishga ko‘maklashadi. Yosh filolog olimlarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga, o‘z salohiyat va imkoniyatlarini to‘liq namoyon etishlarida yordamlashadi va sharoit yaratadi.
JAMIYATNING STRATEGIK MAQSADI
Jamiyatning asosiy maqsadi Respublika yoshlarini ilmiy-tadqiqot faoliyatiga tizimli asosda yo‘naltirish, mavjud ilmiy maktablar an’analarini davom ettirish hamda yangi ilmiy maktablarni shakllantirishga zamin yaratish, yosh filolog olimlar ilmiy-ijodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini izchil rivojlantirish asosida ilmiy tadqiqotlar bilan muntazam shug‘ullanuvchi yoshlarni birlashtirish, ularning mutaxassisliklari va ijtimoiy sohalarga oid qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash – shu tarzda yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashning barqaror rivojlanishini ta’minlashga ko‘maklashishdan iborat.
JAMIYAT TARKIBI VA FAOLIYATINING TASHKIL ETILISHI
Jamiyat tayanch oliy ta’lim muassasasi bo‘lgan ToshDO‘TAU tuzilmasiga jamoat tashkiloti sifatida kiradi.
Jamiyat Kengash orqali boshqariladi.
Kengash raisi va kotibi Jamiyatning umumiy yig‘ilishida saylanadi.
F.I.SH. |
Lavozimi |
Dustmurodov Ma’rufjon |
Kengash raisi |
Nu’mon Nasrullayev |
Kengash kotibi |
Bo‘riboyev Jahongir |
OTM bilan aloqalar bo‘yicha mas’ul |
Shodiyev Mirjalol |
Matbuot va nashrlar bo‘yicha mas’ul |
Muhiddinov Otabek |
To‘garaklar bo‘yicha mas’ul |
Haydarov Muhammad |
Nashrlar bo‘yicha ilmiy muharrir |
Abdulhayev Bekzod |
Veb-sayt uchun mas’ul |
Boyzoqov Bekmurod |
Ilmiy tadbirlar uchun mas’ul |
Jamiyat yig‘ilishlari har chorakda kamida bir marta o‘tkaziladi.
Jamiyat qarorlari majlisda katnashganlar tomonidan ochiq ovoz berish orqali oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Kengashning har bir a’zosi qabul qilinayotgan qarorlar bo‘yicha o‘z fikr-mulohazasiii yozma ravishda bayon qilish huquqiga ega.
Ovoz berish kengash a’zolarining ishtiroki 2/3 qismidan kam bo‘lmagan holda haqiqiy hisoblanadi. Ovozlar teng bo‘lgan takdirda Jamiyat raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Jamiyat raisi Jamiyatning rasmiy vakili hisoblanadi, o‘zining vakolati doirasida kengashning barcha ishlarini tashkil etadi va boshqaradi, Jamiyatning boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro aloqasini amalga oshiradi, Jamiyat faoliyatiga taalluqli hujjatlarga imzo chekadi.
Jamiyat raisining vazifalari:
Jamiyat yig‘ilishlarini o‘tkazilish vaqti va kun tartibi to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
Jamiyat nomidan Respublika yosh filolog olimlari huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi;
bir yilda kamida bir marotaba qilingan ishlar yuzasidan Jamiyat yig‘ilishida hisobot beradi.
Jamiyat raisi xizmat safari, betobligi, ta’tildaligi vaqtida uning vazifasini Jamiyat a’zolaridan biri bajaradi.
Jamiyat raisi va kotibi ToshDO‘TAU tomonidan moddiy va ma’naviy rag‘batlantiriladi.
Jamiyatning ishini olib borish va hujjatlarni rasmiylashtirish quyidagicha tartibda amalga oshiriladi:
Jamiyat o‘z ishini Kengash yig‘ilishida qabul qilingan va Jamiyat raisi tomonidan tasdiqlangan yillik rejaga binoan amalga oshiradi;
Jamiyatning majlislari, yig‘ilishlari va boshqa tadbirlari Jamiyat raisi va kotibi tomonidan imzolangan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi;
Jamiyat hujjatlarini rasmiylashtirishni kengash kotibi amalga oshiradi;
qabul qilingan qarorlar bajarilishining nazorati Jamiyat raisi tomonidan amalga oshiriladi.
JAMIYATNING USTUVOR VAZIFALARI
Jamiyatning vazifalariga quyidagilar kiradi:
yosh filolog olimlarni mamlakat ilm-fani uchun dolzarb, iqtisodiyotimizning barqaror rivojlanishiga, xalqimiz ma’naviyati va madaniyatining yuksalishiga ko‘maklashuvchi fundamental, amaliy va innovatsion yo‘nalishlardagi ilmiy faoliyatga jalb qilish;
yosh filolog olimlar faoliyati orqali sohaning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar tashkil qilish va olib borishda ishtirok etish hamda ustoz-shogird tizimini shakllantirish;
boshqa oliy ta’lim muassasalari bilan yosh filolog olimlarning ijodiy faolligini kuchaytirish, ilmiy anjumanlar, seminarlar o‘tkazish va tajriba almashish maqsadida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash;
yosh filolog olimlarning ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini umumlashtirish va amaliyotga tatbiq etish, uning yangi shakllarini izlash va Respublika faoliyatiga tatbiq etishda barcha imkoniyatlarni ishga solgan holda tashabbuskorlik ko‘rsatish;
ilmiy anjumanlarda ishtirok etish uchun yosh filolog olimlarning ilmiy safarlarini rejalashtirish va har tomonlama yordam ko‘rsatish;
xorijiy davlatlarning nufuzli ilmiy markaz va muassasalari bilan ilmiy hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish, ilmiy maktablar, anjumanlar, seminarlar va boshqa ilmiy tadbirlarda ishtirok etishga, xorijiy mamlakatlarda maqolalar e’lon qilishga ko‘maklashish;
yosh filolog olimlarning ilmiy ishlari tanlovini muntazam tashkil etish va o‘tkazish, davlat grantlari, xorijiy mamlakatlar grantlari va xo‘jalik shartnomalarida yosh filolog olimlar ishtirokini ta’minlash, ularning ishlarini mukofotlarga taqdim etish, eng yaxshi va Respublika uchun ustuvor hisoblangan ilmiy tadqiqot natijalarini nashr etish va ommalashtirishga ko‘maklashish;
o‘z faoliyati davomida yuqori natijalarga erishgan yosh filolog olimlarni rag‘batlantirish buyicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi "Yosh olimlar kengashi" raisi va ToshDO‘TAU rektoriga tavsiyalar berish;
innovatsion tadqiqot ishlarini o‘tkazishga amaliy yordam ko‘rsatish, yosh filolog olimlarning faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi grant ajratuvchi tashkilotlar to‘g‘risida ma’lumotlar yig‘ish va ularni tarqatish.
JAMIYAT TO‘GARAKLARI
Jamiyat tarkibida yo‘nalishlar bo‘yicha o‘nta to‘garak tashkil qilingan. Ushbu to‘garaklardan universitetning bo‘lg‘usi yetuk ilmiy-pedagogik kadrlar avlodini shakllantirish maqsad qilingan.
TO‘GARAK NOMI |
TO‘GARAK RAHBARI |
|
Dasturchilar |
Botir Elov |
|
Kompyuter grafikasi va multimedia |
Rasul Atamurodov |
|
Lug‘atchilar |
Ravshan Jomonov |
|
Matnshunoslar (xattotlik maktabi) |
Habibulla Solih |
|
Sinxron tarjima (speaking club) |
Nozliya Normurodova |
|
Badiiy tarjima |
Gulnoza Odilova |
|
Gulshan (aruz maktabi) |
Dilnavoz YUsupova |
|
Jurnalistlar (til posbonlari) |
Dilmurod Xoldorov |
|
Kompyuter savodxonligi |
Mirzaali Xudayberganov |
|
Shevashunoslar |
Tolib Ernazarov |
|
ANJUMAN VA SEMINARLAR TASHKIL QILISH
Jamiyat tomonidan yilda bir marta o‘tkaziladigan yosh tadqiqotchilar va universitet talabalarining ilmiy-amaliy anjumanini o‘tkazish an’anaviy tarzda shakllantirildi. Har yilning noyabr oyida 40 yoshgacha bo‘lgan tadqiqotchilarning “FILOLOGIYA MASALALARI YOSH TADQIQOTCHILAR NIGOHIDA” mavzusidagi an’anaviy ilmiy-amaliy anjumani va may oyida talabalarning “TIL VA ADABIYOT: ILMIY VA AMALIY IZLANISHLAR YO‘LIDAGI ILK ODIMLAR” mavzusidagi an’anaviy ilmiy-amaliy anjumani shular jumlasidan. Shuningdek, har oyda universitetda “Ilmiy tadqiqot olib borish shartlari” mavzusidagi ilmiy seminar o‘tkaziladi.