Universitet jahon nigohida
|
|||
madaniy, ma’rifiy o‘ziga xos markaz ta’sis etildi. Ushbu markaz davlatimiz rahbari nigohida o‘zida nafaqat o‘zbek tili va adabiyotini, balki O‘rta Osiyo madaniyati, tarixi va falsafasi bo‘yicha yaratilgan merosni o‘rganuvchi va yaratilajak tadqiqotlarni atrofida birlashtiruvchi xalqaro markaz bo‘lib qolishi ko‘zda tutilganini ta’kidlash joiz. Keyingi yillarda O‘zbekiston o‘z tanlagan yo‘lidan og‘ishmay borayotgani va shu chorak asrlik qisqa muddat ichida hayratomuz natijalarni qo‘lga kiritgani bilan jahon hamjamiyati e'tiborini tortmoqda. Bu mavzu jahon OAVda ko‘p gapirilyapti. Hozirgi internet asrida har qanday yangilik qandaydir daqiqalar ichida butun dunyoga tarqalmoqda. O‘zbekiston madaniy hayotida ro‘y bergan bu voqea ham e’tibordan chetda qolmadi. Dunyoday yangi tuzilmaga katta qiziqish va umid bilan qaralmoqda. Universitet, uning tasarrufidagi tadqiqot instituti va adabiyot muzeyining salohiyatli professor-o‘qituvchilari, olim va tadqiqotchilari o‘zlarining xorijiy hamkorlari bilan bu katta voqeani o‘rtoqlashib, ulardan tabriklar olmoqdalar. Ulug‘ Alisher Navoiy nomi bilan bog‘liq bu oliy dargoh tez orada ko‘pchilik nazariga tushishi shubhasiz. Davr talabiga binoan universitet rejalarida soha mutaxassislarini qayta tayyorlash kurslariga xorijlik mutaxassislar, taniqli olimlarni taklif etish mo‘ljallangan. Bu ishni amalga oshirish uchun universitet tadbirlar rejasiga ko‘ra quyidagi xorijlik olimlar taklif etilishi ko‘zda tutilmoqda: |
|||
|
|||
|